28-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 09:35 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qilmoqda.

Zilzila koordinatalari: 36,47 gradus shimoliy kenglik, 70,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 5,4. Chuqurlik 200 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 539 km janubi-sharqda.

Bu zilzila, o‘z navbatida, O‘zbekistonning bir nechta viloyatlarida sezildi. Xususan, uning kuchi Surxondaryo viloyatida 3 ball, Samarqand, Jizzax, Farg‘ona, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 2−3 ballni tashkil etdi.

Andijon, Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida 2 balli zilzila sezildi.

Qayd etish kerakki, mamlakatda ketma-ket 3 kundan beri yer silkinishlari sodir bo‘lmoqda. Jumladan, Andijon va Jizzax viloyatlarida mos ravishda 27 va 26-avgust kunlari bunday tabiiy hodisa qayd etilgandi.