27-avgust, yakshanba tongida Andijon viloyatining shahar va tumanlarida zilzila sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Soat 03:11 da sodir bo‘lgan zilzila epitsentri viloyatning Jalaquduq tumaniga to‘g‘ri keldi. Zilzila magnitudasi — 4. Chuqurlik — 15 km. Epitsentr — Toshkentdan 299 km janubi-sharqda.

Yer silkinishi Jalaquduqda 3 ball, Qo‘rgontepa, Xo‘jaobod va Andijon tumanlarida — 2−3 ball, Buloqboshi, Xonobod tumani va Andijon shahrida 2 ballni tashkil etdi.

Bir kun avval Jizzax viloyatida 3,6 magnitudali zilzila qayd etilgandi.