Navoiy shahrida ko‘p qavatli uyning umumiy mulkini saqlash, foydalanish, uni ta’mirlash va tutash yer uchastkasini obodonlashtirish uchun majburiy badal va to‘lovlardan qarzi bo‘lgan mulkdorlarni elektr energiyasidan uzib qo‘yish bo‘yicha tajriba o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

Bu O‘zbekiston prezidentining 15-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan ko‘p qavatli uylarni samarali boshqarish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayevaga 1-oktabrgacha ushbu to‘xtatish tartibini ishlab chiqish topshirildi.

Bu tajriba butun O‘zbekiston bo‘ylab olib boriladimi yoki yo‘q — hujjatda bu haqda aytilmagan.

Uyning umumiy mulkini talab darajasida saqlash bo‘yicha xizmatlar va ishlarning minimal ro‘yxati Qurilish va uy-joy qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

1-oktabrga qadar Qurilish vazirligi va Oliy sud ham ko‘p qavatli uylarni boshqarish bilan bog‘liq nizolarni hal etishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyotini umumlashtirishi lozim.