22−23-avgust kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonliklar jami 18 ta medalga ega chiqdi, deb xabar bermoqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi.

Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan sambochilar 24 ta vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. Bellashuvlarda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 8 ta kumush va 7 ta bronza medalini oldi.

Sovrindorlar ro‘yxati:

Oltin:

-59 kg: Shahzoda Azatova (jangovar sambo)

-88 kg: Sohib Hasanboyev (jangovar sambo)

+98 kg: Islom Nosirov (jangovar sambo)

Kumush:

-72 kg: Gulina Obloqulova (jangovar sambo)

-64 kg: Sardor Olimjonov

-71 kg: Dilshodbek Yo‘ldoshev

-98 kg: Ne’mat Yoqubov

-50 kg: Gulsevar O‘roqova

-58 kg: Egambergan Iskandarov (jangovar sambo)

-71 kg: Oybek Soliyev (jangovar sambo)

+80 kg: Hosiyat Masharipova

Bronza:

-71 kg: Ubaydullo Mo‘minov

-98 kg: Mirzohid To‘xtashev

-59 kg: Mamlakat Sultonova (jangovar sambo)

-58 kg: Lutfilla Saydamatov (jangovar sambo)

-88 kg: Zafar Ahrorov (jangovar sambo)

-54 kg: Farog‘at Nurmamatova

-72 kg: Begoyim Hayitova.