Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Fuqarolar uchun budjet” nashrining 2022-yilgi budjet ijrosiga bag‘ishlangan sonida O‘zbekistonning yil davomida eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalari bo‘yicha ma’lumot berdi.

2022-yilda ushbu kompaniyalarning davlat budjeti daromadlaridagi ulushi 36,44 foizni tashkil etishi prognoz qilingan edi. Yil yakuniga kelib esa ularning hissasiga soliq tushumlarining 33,1 foizi to‘g‘ri kelgan.


yirik soliq to‘lovchilarи, навоий kon-metallurgiya kombinati, олмалиқ кмк, soliq тушумлари, фуқаролар uchun budjet

Unga ko‘ra, Navoiy va Olmalik kon-metallurgiya kombinatlariga davlat budjeti soliq tushumlarining mos ravishda 16,3 va 8,6 foizi to‘g‘ri kelgan. To‘liq ro‘yxat quyidagicha:

  1. Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) — 16,3%
  2. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (AGMK) — 8,6%
  3. “O‘zbekneftgaz” AJ — 2.2%
  4. “O‘ztransgaz” AJ — 1,4%
  5. “Hududgazta’minot” AJ — 1,2%
  6. “Uzbat” AJ — 1,1%
  7. AJ “O‘zavtosanoat” — 0,7%
  8. “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ — 0,6%
  9. “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QK — 0,5%
  10. “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ — 0,5%

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yilda eng ko‘p soliq to‘lashi kutilayotgan 10 ta eng yirik korxona bo‘yicha ma’lumot bergandi. Ushbu kompaniyalar 2023-yilda davlat budjeti daromadlarining 31,2 foizini ta’minlashi prognoz qilinmoqda. Ularning ro‘yxati quyidagicha:

  1. Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) — 14,8%
  2. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (AGMK) — 8,1%
  3. “O‘zbekneftgaz” AJ — 1,8%
  4. “O‘ztransgaz” AJ — 1,7%
  5. “Hududgazta’minot” AJ — 1,2%
  6. “Uzbat” AJ — 1,1%
  7. AJ “O‘zavtosanoat” — 0,9%
  8. “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ — 0,6%
  9. ““Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QK — 0,6%
  10. “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ — 0,4%

yirik soliq to‘lovchilarи, навоий kon-metallurgiya kombinati, олмалиқ кмк, soliq тушумлари, фуқаролар uchun budjet

2018-yilda prognoz daromadlarining 34 foizi 20 ta yirik soliq to‘lovchilar hisobiga to‘g‘ri kelgandi, ya’ni davlat budjeti daromadlari manbalari ko‘proq diversifikatsiya qilingandi.

O‘sha vaqtda “O‘ztransgaz” ulushi 5,1 foiz, NKMK — 5 foiz, OKMK — 3,1 foizni tashkil etgandi. Shuningdek, ro‘yxatga “Qizilqumsement” — 1,2 foiz, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi — 1,2 foiz, Coscom (Ucell) — 1 foiz, “O‘zbekiston-Xitoy” gaz quvuri operatori Asia Trans Gas — 1,2 foiz, Ohangaransement — 0,6 foiz, Toshkentvino — 1,1 foiz va boshqalar kiritilgandi. Bu kompaniyalarning bir qismi xususiylashtirilgandi.

Shunday qilib, 2023-yilgi davlat budjeti 2018-yilga nisbatan yirik davlat kompaniyalariga ko‘proq qaram bo‘lib qoldi. 2022 yilda NKMK va OKMK ulushi mos ravishda 17,82 foiz va 9,4 foiz, 2021 yilda 20,1 foiz va 6,4 foiz, 2020 yilda 13,5 foiz va 4,6 foiz, 2019 yilda 6,8 foiz va 3,6 foizni tashkil etgandi.