Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘ladi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Ilg‘or sanoat korxonalari va mahallalar hayoti bilan tanishish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, mamlakatda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda inflyatsiyani jilovlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.