Ulug‘bek Qodirjonovich Nosirov O‘zbekiston Markaziy banki raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz”ning bank sohasidagi manbasi xabar berdi. Ba’zi blogerlar ham bu haqda e’lon qilishdi.

Tahririyat regulyator matbuot xizmatidan izoh ololmadi. Shuningdek, yangi tayinlov haqida internetdan ham ma’lumot topishning imkoni bo‘lmadi.

Ulug‘bek Nosirov “kadrlar siyosati va rejim nazorati”ga javobgar bo‘ladi. Rejim nazorati bitimlar va bitimlarni xavfsizlik nuqtai nazaridan nazorat qilishni o‘z ichiga oladi, deya ma’lum qildi manba.

“Markaziy bank to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, Markaziy bank rahbarining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari Markaziy bank raisining taqdimnomasiga binoan prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.