5-avgust kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidan o‘tgan Katta Farg‘ona kanalida 20 yoshli yigit oqib ketib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.
Aytilishicha, yigit tumanning “Gulbog‘” MFYsida joylashgan kanalga cho‘milish maqsadida borgan.
Tergovga qadar tekshiruvda suvda cho‘kkan shaxs Andijon tumanida yashagan H.G‘. ekani, u Andijon arxitektura institutining 3-bosqich talabasi bo‘lgani aniqlangan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Hozirda holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borish uchun Oltinko‘l tumani prokuraturasiga yuborilgan.