Eronning Qeshm Air aviakompaniyasi Tehron va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.

9-avgust kuni Tehron−Toshkent−Tehron yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam yo‘lovchi reysi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Reyslar haftasiga bir marta-chorshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Qeshm Air — shtab-kvartirasi Tehronda joylashgan Eron aviakompaniyasi bo‘lib, 1993-yilda tashkil etilgan hamda mahalliy va xalqaro yo‘lovchi reyslarini, shuningdek, charter reyslarini amalga oshiradi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Bundan avval kopmaniya Tehron va Samarqand o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ygandi.