Yakshanba kuni soat 05:32 da Afg‘onistonnig Badaxshon viloyatidagi Yamyon tumanida zilzila sodir bo‘ldi va bu O‘zbekistonda ham sezildi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri 36,58 gradus shimoliy kenglik, 70,67 gradus sharqiy uzunlik.

Zilzila magnitudasi 5,9 ni tashkil etdi. Chuqurligi — 100 km. Zilzila o‘chog‘idan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalishda 536 km.

Yerosti silkinishlari Toshkentda 3 ball, Surxondaryo (o‘chog‘idan 311 km guzoqlikda) va Farg‘ona viloyatida (taxminan 433 km) 4 ball, Sirdaryo va Jizzax (465 km), Samarqand (471 km), Andijon (489 km), Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida (500 km ga yaqin) 3−4 ballni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, 5-avgust kuni soat 21:01 atrofida ham Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezilgandi.