O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Sodir Adilovich Meliboyev Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar qildi regulyator matbuot xizmati.

Uning zimmasiga buxgalteriya hisobi va hisoboti, xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish, to‘lov tizimlari, axborot texnologiyalari hamda respublikada HUMO milliy to‘lov tizimi faoliyatining uzluksiz ishlashini nazorat qilish vazifalari yuklatilgan.

Sodir Meliboyev 1969-yilda tug‘ilgan. 1992-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Bank tizimida 15 yillik tajribaga ega. Ilgari Markaziy bank Axborot texnologiyalari departamenti direktori lavozimida ishlagan.