Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining O‘zbekiston Respublikasi saylangan prezidentining lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi 14-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.

Marosimda MSK raisi Zayniddin Nizomxodjayev Shavkat Mirziyoyevga prezidentlik guvohnomasini topshirishi kutilmoqda.

Qasamyod qabul qilganidan so‘ng unga prezident rasmiy belgisi va shtandarti ham topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev saylovda 87,05 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongandi. Robaxon Maxmudova 4,43 foiz, Ulug‘bek Inoyatov 4,02 foiz, Abdushukur Hamzayev esa 3,74 foiz ovoz to‘plagan.