Ijtimoiy tarmoqlarda kanaldan o‘tgan quvur ustida o‘tirgan yigit itni suvga uloqtirgani, jonivorni oqim olib ketayotgani aks etgan video tarqaldi.

Yigit jarayonni videoga olgan boshqa bir yigitning ko‘rsatmasi bilan jonivorni suvga uloqtirgan. Orqa fonda uning kulgisini eshitish mumkin. Izohlarda videoning TikTok uchun mo‘ljallangani qayd etilgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, yigitlarning shaxsi aniqlangan, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Keyinroq Samarqand viloyati IIB yoshlar O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganliklari uchun javobgarlikka tortilgani haqida xabar berdi. Ularga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaricha (990 000 so‘m) jarima solindi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Jahongir Sagdullayevning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, it omon qolgan.

ҳайвонларga shafqatsiz munosabatda bo‘lish