9-iyul kuni o‘zbekistonlik gimnastikachilar tarixda ilk bor badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida medallarni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Gimnastika federatsiyasi matbuot xizmati.

Shu kunlarda o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tayotgan Kluj-Napoka (Ruminiya)da o‘zbekistonlik Anastasiya Saranseva halqa bilan mashq bajarishda 30,850 ball to‘plab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

“Bir qator xalqaro musobaqalarning ko‘p karra g‘olibi va sovrindori, 2021-yilgi MDH o‘yinlari va 2022-yilgi Osiyo chempionati bronza medali sohibasi. Bu yil Filippinda o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi qit’a chempionatida Nastya ikki marta chempion bo‘ldi”, — deyiladi federatsiya xabarida.

Shu kuni Mishel Nesterova tasma bilan mashq bajarishda terma jamoa hisobiga yana bir bronzani qo‘shib qo‘ydi.

анастасия саранцеva, badiiy gimnastika

Yosh gimnastikachi Filippindagi Osiyo chempionatida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Musobaqada dunyoning 59 davlatidan jami 379 nafar gimnastikachi yakkalik mashqlarda qatnashmoqda.