Yangi Zelandiya dunyoda birinchi bo‘lib supermarketlarda har qanday polietilen xaltalar, hatto sabzavot va mevalarni qadoqlash uchun yupqa paketlarni ham taqiqladi, deb xabar bermoqda BBC.

Hukumatning bir martalik plastiklarga qarshi kampaniyasi doirasidagi qarori 1-iyuldan kuchga kirdi.

“Yangi Zelandiya juda ko‘p plastik chiqindilarni ishlab chiqaradi”, — dedi atrof-muhit vaziri o‘rinbosari Reychel Bruking.

2019-yildayoq Yangi Zelandiyadagi do‘konlar qalinroq plastik xaltalarni taqiqlab qo‘ygan, bir milliard donadan ortiq shu kabi paketlar tejalishiga erishgan edi.

Yangi chora yiliga 150 mln yupqa xaltalardan foydalanishning oldini olishi kutilmoqda. Mijozlar esa qayta ishlatiladigan meva va sabzavot paketlarni sotib olishadi.