Costa Coffee xalqaro qahvaxonalar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda Spot kompaniyaning mahalliy bo‘linmasining Telegram-kanaliga tayanib xabar berdi.

Kanal 19-iyun kuni tashkil etilgan va ikki kundan so‘ng unda yaqin orada ochilishi haqidagi birinchi post e’lon qilingan. 26-iyun kuni esa kompaniya Instagram profilini ham ishga tushirdi.

Costa Coffee`ning birinchi manzili kutilganidek, tez orada Toshkentda ochiladi. Kompaniya hozircha joyni e’lon qilmagan. Hozirda Facebook akkauntida keltirilgan manzil: Mahatma Gandi ko‘chasi, 14-uy bo‘lib, u yerda savdo markazi joylashgan.

Qahvaxonalar tarmog‘i o‘z tarixini 1971-yilda aka-uka Serjio va Bruno Kosta Londonda qahvaxona ochganidan buyon hisoblab keladi. 1978-yilda kompaniya kengayishni boshladi va uch yildan so‘ng Britaniya poytaxtida Costa brendi ostidagi birinchi qahvaxona ish boshladi.

Mocha Italia kompaniyaning o‘ziga xos qahva naviga aylandi. Kompaniya ekologiyaga e’tiborli ekanini tasdiqlaydigan Rainforest Alliance sertifikatlariga ega bo‘lgan yetkazib beruvchilardan qahva donachalarini sotib oladi.

Hozirda Costa Coffee tarmog‘i 44 mamlakatda 4000 dan ortiq shoxobchalarga ega, ularning aksariyati franchayzing asosida faoliyat ko‘rsatadi. Masalan, Qozog‘istonda Olmaota va Ostonada qahvaxonalar bor. Kompaniya, shuningdek, qahva donachalari va boshqa ingrediyentlarni bepul yetkazib berishni o‘z ichiga olgan Costa Express qahva mashinalarini o‘rnatishni taklif qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Spot Amerikaning Subway restoranlar hamda Cinnabon qahvaxonasi Toshkentda franchayzing ochishga hozirlik ko‘rayotgani haqida yozgan edi.