“Gazeta.uz” pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda Hayit bayrami dasturxoni uchun turli xil mazali bayramona taom va pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Qozonda yopilgan non

zira.uz

Nonni uy sharoitida qozon qopqog‘ida pishirish usuli bor. Bunday tayyorlangan non usti qarsillagan, ichi esa yumshoq bo‘lib pishadi va barchani hayratlantiradi.

Qozonda pishirilgan qiyma-kabob

zira.uz

Qiyma-kabob — bu sharqona oshxonada taniqli taom hisoblanadi, u odatda mangalda pishiriladi. Biz esa uni qozonda tayyorlash usulini taqdim etamiz.

Pechda pishirilgan tandir somsa

zira.uz

Albatta, hech nima tandirda pishirilgan somsaga yetmaydi, ammo pechda ham unga o‘xshash somsa tayyorlash mumkin.

Qovurilgan chuchvara

zira.uz

Qovurilgan chuchvara bayramona, katta oila orasida tayyorlanib iste’mol qilinadigan taom.

Asalli noodatiy qush tili

zira.uz

Asalli qiyomga ega noodatiy qush tili — bayram dasturxoni uchun ayni muddao.

Tvorogli ponchiklar

zira.uz

Bunday qizilyanoq bo‘g‘irsoqlar ayniqsa issiq holida va shakar upasi bilan yaxshi.

Chak-chak

zira.uz

Chak-chak — qiyom va qovurilgan kichkina xamir bo‘lakchalaridan iborat shirinlik. U barcha milliy bayramlarda dasturxon bezagi hisoblanadi.

“Midiya” paxlavasi

zira.uz

Ajoyib shakldagi turk shirinligi. Bunday paxlava juda lazzatli, to‘yimli, shirin va mayin bo‘ladi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.