28-iyun kuni Hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan soat 00:00 dan 7:30 gacha poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakati to‘xtatiladi, deya xabar bermoqda Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Quyida tumanlar kesimida ko‘chalar ro‘yxati keltiriladi.

Mirzo Ulug‘bek tumani

“To‘ra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi — Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li — Sultoniya ko‘chasigacha.

Bektemir tumani

“Xo‘ton” masjidi oldidagi Bektemir shohko‘chasi — Husayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

Olmazor tumani

  • “Islomobod” masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi — KHAY-Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon — Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi — Qorasaroy — Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy — Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani

  • “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza — Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza — Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Xo‘ja Alambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor — Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon — Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi — Nurafshon — Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon — Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani

  • “Ubay ibn Ka’b” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi — Al Xorazmiy — Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy — Katta qani chorraxasigacha;
  • “Katta Qozirobod” masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi — Chilonzor — Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor — Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi — Al-Xorazmiy — So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan — So‘galli ota ko‘chasigacha;
  • “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani

  • “Abdulloh ibn Mas’ud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi — Lutfiy — Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy — Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Hazrati Ali” masjidi Nazarbek-Maxorat ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

Yunusobod tumani

  • “Minor” masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi — KHAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KHAY -Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi — Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.

Yakkasaroy tumani

“Usmon bin Ma’zun” masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi — KHAY — Qushbegi chorrahasidan KHAY — Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani

  • “Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi — Farg‘ona yo‘li — Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li — Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Ali ibn Abu Tolib” masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi — Imom Buxoriy — Cho‘lpon ko‘chalari chorrahasidan Cho‘lpon — Salohiyat ko‘chalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani

“Qo‘liq ota” masjidi oldidagi THAY ko‘chasi — Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan THAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.

Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Eslatib o‘tamiz, Hayit namozi Toshkent shahrida soat 05:15 da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.