Dunyo miqyosida so‘nggi 10 yil ichida giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar soni 23 foizga oshgan, ko‘rsatkich 2011-yildagi 240 milliondan 2021-yilda 296 million kishiga yetgan. Bu dunyo aholisining o‘sishi bilan qisman bog‘liq, xolos. Bu haqda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi yangi hisobotida aytiladi.

Xuddi shu davrda giyohvand moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq kasalliklardan aziyat chekadiganlar soni 45 foizga o‘sib, 39,5 million kishini tashkil etdi. Shu bilan birga, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, har 5 kishidan faqat 1 nafari giyohvand moddalarga qaramlikdan davo topish mumkin deb hisoblaydi.

Fentanil i metamfetamin kabi sintetik moddalar endi noqonuniy narkotik bozorlarida hukmronlik qilmoqda. Asosiy sabab ularning “arzon, oson va tez” ishlab chiqarilishidir. 2021-yilda Shimoliy Amerikada dozani oshirib yuborish bilan bog‘liq 90 mingga yaqin o‘lim holatining aksariyati fentanil bilan bog‘liq.

Kannabis eng ko‘p qo‘llanadigan narkotik vosita bo‘lib qolmoqda, 2021-yilda 219 million kishi (dunyodagi yoshi katta aholining 4,3 foizi) undan foydalanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan olingan yangi ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda 13,2 million kishi giyohvand moddalarni in’eksiya (dori va boshqa eritmalarni organizm to‘qimalari, tomirlarga kiritish) qilgan, bu avvalgi hisob-kitoblarga qaraganda 18 foizga ko‘p. 18 davlatdan olingan statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, erkaklar ayollarga qaraganda 5 baravar ko‘proq giyohvand moddalarni in’eksiya qiladi va ularni sheriklariga tanishtiradi.

Mutaxassislar 2023-yilda Afg‘onistonda opiy hosili keskin kamayishini bashorat qilmoqda, bunga ushbu vositani yetishtirish taqiqlangani sabab bo‘lgan.

Biroq, hisobotda ta’kidlanganidek, bu sintetik narkotik ishlab chiqarishga o‘tishga sabab bo‘lishi mumkin, chunki Afg‘oniston ham mintaqada metamfetaminlarning asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.