Oliy sud odil sudlovni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni aholi va keng jamoatchilikka yetkazishda qonun talablari doirasida ishlayotgan jurnalistlar, blogerlar, sudya va sud xodimlari, huquqshunoslar va boshqa ijodkorlarni rag‘batlantirish uchun “Adolat — qonun ustuvorligida” tanlovini o‘tkazib, g‘oliblarni taqdirladi.

Tanlov AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda East-West Management Institute NNT O‘zbekistondagi filialining “Sud tizimini mustahkamlash” (JSSA) qo‘shma loyihasi hamkorligida o‘tkazildi.

Nomzodlarni tanlashda sudlar faoliyati yuzasidan to‘g‘ri va xolisona fikrni shakllantirish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ommaviy axborot vositalarida sud-huquq sohasidagi islohotlar keng yoritilishini ta’minlash masalasi ham inobatga olingan.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan tanlovda 5 ta nominatsiya bo‘yicha 15 ta ijodkor va jamoalarning ijodiy faoliyati mukofotga loyiq deb topildi. Shuningdek, mustaqil jurnalist va blogerlar ham taqdirlandi.

“Televideniye va radio” nominatsiyasi g‘oliblari

  • 1-o‘rin — Aziza Mirsodiqova — O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston 24 teleradiokanali muharriri;
  • 2-o‘rin — Dilmurod G‘ofurov — Milliy telekanali muharriri;
  • 3-o‘rin — Sardorbek Ismoilov — Renessans telekanali muxbiri.

Rag‘batlantiruvchi mukofot — Jo‘ramurod Boborahmatov — O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston telekanali ijtimoiy himoya va huquqiy madaniyat bo‘limi mudiri.

“Internet va bosma nashrlar” nominatsiyasi g‘oliblari

  • 1-o‘rin — “Gazeta.uz” internet nashri;
  • 2-o‘rin — Norgul Abduraimova — O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bo‘lim mudiri;
  • 3-o‘rin — Abduhamid Xudoyberdiyev — “Kuch-adolatda” gazetasi muxbiri.

Rag‘batlantiruvchi mukofot — Jamshid Niyozov — Kun.uz internet-nashri sharhlovchisi; Musulmonbek Ibrohimov — Daryo.uz internet-nashri muharriri.

“Jurnalist/bloger” nominatsiyasi g‘oliblari

  • 1-o‘rin — Saidali Muxtoraliyev — Yuristkadr Telegram kanali ma’muri, advokat;
  • 2-o‘rin — “Sukut saqlama / Ne molchi” loyihasi;
  • 3-o‘rin — Abdumalik Abdullayev — Advokat Abdullayev Telegram kanali ma’muri, advokat.

Rag‘batlantiruvchi mukofot — Ismat Xushev — “Dunyo o‘zbeklari” internet-nashri bosh muharriri.

“Ilmiy xodim” nominatsiyasi g‘oliblari

  • 1-o‘rin — Surayyo Rahmonova — Jamoat xavfsizligi universiteti professori, yuridik fanlar doktori;
  • 2-o‘rin — Ahror Hoshimxonov — Toshkent davlat yuridik universiteti birinchi prorektori, yuridik fanlari doktori;
  • 3-o‘rin — Jumanazar Xolmo‘minov — Termiz davlat universitetining yuridik fakulteti professori, yuridik fanlari doktor.

“Sudya va sud xodimi” nominatsiyasi g‘oliblari

  • 1-o‘rin — Fotima Ismoilova — jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi raisi o‘rinbosari;
  • 2-o‘rin — Shahzod Baxtiyorov — Qashqadaryo viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi;
  • 3-o‘rin — Gulnafis Xudayberdiyeva — Navoiy viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi.

Rag‘batlantiruvchi mukofot — Sherbek Nazarov — Oliy sud bo‘lim boshlig‘i.