Statistika agentligining xabar berishicha, UzAuto Motors 2023-yilning yanvar-may oylarida eng ko‘p Cobalt, Gentra va Damas avtomobillarini ishlab chiqardi.

Yilning dastlabki besh oyida 39 ming 264 ta Cobalt ishlab chiqarilgan va bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkich (38 ming 916 ta) bilan deyarli bir xil. Gentra va Damas ishlab chiqarish esa sezilarli kamaygan. 2023-yilning yanvar-may oylarida 26 ming 815 dona Damas (2022-yilning mos davridagidan 2776 taga kam), 27 ming 961 dona Gentra (2022-yilning mos davridagidan 7420 taga kam). 8853 ta Tracker, 6943 ta Onix ishlab chiqarilgan.

uzauto motors, автомобил

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida UzAuto Motors avvaldan buyurtma qilingan avtomobillarni ishlab chiqarishga e’tibor qaratgan holda Chevrolet Lacetti (Gentra), Cobalt, Damas va Labo avtomobillariga buyurtma qabul qilishni to‘xtatishga qaror qilgandi.

Ayni vaqtda kompaniyaning UzAvto Motors Savdo portalida ham, Telegram`dagi savdo botida ham bu modellar mavjud emas.

Kompaniyaning sotuvda mavjud eng arzon modeli Onix avtomobili bo‘lib, uning hozirgi narxi 207 million 347 ming so‘mni tashkil etadi. Avtomobilning taxminiy yetkazib berish vaqti 2024-yilning 29-fevraliga to‘g‘ri kelmoqda.

Avvalroq UzAuto Motors aprelda salkam 10 mingtadan Cobalt va Lacetti, 2,1 mingta Damas ishlab chiqargani, biroq ushbu avtomobillar sotuvda mavjud emasligi xabar qilingandi.