21-iyun kuni O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Mahalliy vaqt bilan 13:51 da (21.06.2023-yil, Grinvich bo‘yicha 08:51 da) zilzila sodir bo‘lgan. Epitsentr: Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani.

Zilzila koordinatalari: 39,03 gradus shimoliy kenglik; 66,98 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,4. Chuqurlik 5 km. Zilzila episentri Toshkentdan 313 km janubiy-g‘arbda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatadigan Zilzila mobile nomli dastur yaratildi. Unda yer silkinishi paytida, oldin va keyin qanday harakatlar amalga oshirish kerakligi bo‘yicha va boshqa ma’lumotlar, shuningdek, tayyorgarlik darajasini tekshirish uchun testlar mavjud.