20-iyun kuni soat 13:30 da Toshkent shahrining Muxtor Ashrafiy ko‘chasida Lacetti haydovchisi (1973-yilda tug‘ilgan) 9 yoshli bolani urib yubordi, deb xabar bermoqda poytaxt YHXB matbuot xizmati.

Bola tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan velosipedda o‘tib ketayotgan bo‘lgan. Hodisa oqibatida bola turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

“Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.