21-iyun kuni soat 08:10 atrofida Surxondaryo viloyatida yo‘lovchi poyezdi “Jiguli”ni urib ketdi. Bu haqda Transport va turizm obyektlarida xavsizlikni ta’minlash departamenti xabar qildi.

6376-sonli Termiz-Sariosiyo yo‘nalishida shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdi Qumqo‘rg‘on-Elbayan temir yo‘l bekatlari oralig‘ida ketayotgan vaqtida ushbu bekatlarning 10-piketida joylashgan qo‘riqlanmaydigan kesishmasidan “VAZ-2107” avtomashinasini urib yuborgan. Voqeaga 1956-yilda tug‘ilgan fuqaro M.M.ning extiyotsizligi sabab bo‘lgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yo‘lovchi poyezdi soat 08:12 da to‘xtab, soat 08:50da o‘z harakatini davom ettirgan.