O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyunga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Idora 18-iyun sanasi Zulhijja oyining 1-kuni ekanini ma’lum qildi. Hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho — Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi. Bu 28-iyun sanasiga to‘g‘ri keladi.