Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) O‘zbekistonda mehnat sharoitlarini yaxshilash va mamlakatning asosiy tarmoqlari bo‘lgan to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan yangi Better Work dasturini ishga tushirdi. Bu haqda IFC “Gazeta.uz” xabar berdi.

IFC, XMT va 3 nafar o‘zbekistonlik ishtirokchi, jumladan, hukumat, ish beruvchilar va ishchilar tashkilotlari 30-may kuni dastur shartlarini o‘z ichiga olgan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan, hujjat dastlab 24 oyga mo‘ljallangan.

“Better Work (Yaxshiroq ish)” dasturi mehnat standartlarini ta’minlash va to‘qimachilik va tikuvchilik korxonalarining raqobatbardoshligining muvofiqlikni baholash, o‘qitish va texnik yordam orqali sifatni oshirishga qaratilgan. Bu O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuvchilik fabrikalarida sanoatni rivojlantirish va mehnat me’yorlarini ta’minlashga ko‘maklashadi.

“Dastur to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida barqaror o‘sishni ta’minlaydi, bu esa asosan mamlakat bo‘ylab qishloq joylarida tikuvchilik sanoatida ishlaydigan ayollar uchun minglab yangi munosib ish o‘rinlarini yaratishga yordam beradi”, — dedi Better Work dasturi delegatsiyasi rahbari Konor Boyl.

Memorandum O‘zbekiston hukumati, Jahon banki, XMT va boshqa manfaatdor tomonlarning paxta dalalarida mehnat va ekologik standartlarni yaxshilash bo‘yicha uzoq muddatli sa’y-harakatlariga asoslanadi. IFC 2016-yildan buyon maslahat va moliyaviy yordam ko‘rsatish orqali O‘zbekistonda paxta va to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlab keladi.

XMT 2013-yildan buyon O‘zbekistonning to‘qimachilik sohasida, jumladan, paxta yig‘im-terimi monitoringi orqali faoliyat yuritadi va 2022-yilda O‘zbekiston paxta ishlab chiqarishda tizimili majburiy va bolalar mehnatiga barham berilganini tasdiqladi. O‘zbekistonda Better Work dasturini dastlabki moliyalashtirish Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) tomonidan taqdim etildi.

“Umid qilamizki, Better Work dasturi jahon brendlari va to‘qimachilik kompaniyalariga O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoati va tikuvchilik sanoati afzalliklari va barqarorligi haqida katta signal beradi”, — dedi IFC`ning Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Turkiyadagi ishlab chiqarish, agrobiznes va xizmatlar bo‘limi rahbari Lukas Keysi.