Angliyaning “Manchester Siti” futbol klubi UEFA Chempionlar ligasi finalida Italiyaning “Inter” jamoasini mag‘lub etdi. 11-iyunga o‘tar kechasi Istanbuldagi Otaturk olimpiya stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.

интер, манчестер сити, futbol, чемпионлар ligasi

интер, манчестер сити, futbol, чемпионлар ligasi

“Manchester” yarim himoyachisi Rodri 68-daqiqada uchrashuvdagi yagona g‘alaba golini kiritdi.

“Manchester Siti” uchun bu Chempionlar ligasi finali tarixdagi ikkinchi final bo‘ldi. 2021-yilda Gvardiola boshchiligidagi jamoa “Chelsi”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

интер, манчестер сити, futbol, чемпионлар ligasi

Bosh murabbiy Xosep Gvardiola jamoasi “trebl”ni rasmiylashtirib, mavsumning uchta yirik sovrinini qo‘lga kiritgan 10-jamoaga aylandi. Avvalroq “Manchester Siti” 89 ochko bilan APLda birinchi o‘rinni egallagan va finalda “Manchester Yunayted” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Angliya kubogini qo‘lga kiritgandi.

“Manchester Siti” Yevrokubokda 1970-yildan beri ilk bor g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘shanda Kubok egalari kubogi finalida Polshaning “Gornik” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.