Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tailandda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining aralash jamoaviy estafeta bahslarida dastlabki medallarni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Musobaqaning birinchi kunida kattalar o‘rtasida 30 km masofa bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova, Yevgeniya Golotina, Aleksey Fomovskiy, Dmitriy Bocharov, Begzod Rahimboyevdan iborat O‘zbekiston terma jamoasi kumush medalni qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘rinni Qozog‘iston terma jamoasi, uchinchi o‘rinni Xitoy terma jamoasi egalladi.

Asal Rizayeva, Sevinch Yo‘ldosheva, Mohinabonu Elmurodova, Farruh Bobosherov, Diyor Tohirov hamda Kamoliddin Bahriddinovdan iborat yoshlar terma jamoasi ham Qozog‘iston (birinchi o‘rin) va Tailand (ikkinchi o‘rin) terma jamoalariga imkoniyatni boy berib, uchinchi o‘rinni egalladi.