Toshkent shahrida YPX xodimlariga Germaniyadan keltirilgan yangi rusumdagi mototsikllarni boshqarish va ulardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatilmoqda. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, xizmatda foydalanish uchun BMW kompaniyasining 3 turdagi mototsikllari olib kelingan. Motoguruh xodimlariga Germaniyadan kelgan ikki nafar mutaxassis mototsikllarning texnik xususiyatlari, foydalanish va boshqarish tartibi bo‘yicha tushunchalar bermoqda.

“Bu mototsikllardan xizmat jarayonida foydalanishda juda qulayliklari ko‘p. Zamonaviy jihozlangan va tormoz tizimlari yaxshi. Oldingi, 1993-yilda ishlab chiqarilgan Honda mototsikllarimizdan ancha yaxshi”, — deydi motoguruh inspektorlaridan biri.