30-mayga o‘tar kechasi Rossiya Eronning Shahed-136/131 zarba beruvchi dronlari bilan yana Kiyev va Kiyev viloyatiga hujum qildi. Ukraina Harbiy-havo kuchlari Rossiya armiyasi jami 31 ta kamikadze uchuvchisiz uchish apparatlarnii uchirgani, Ukraina havo mudofaasi ulardan 29 tasini yo‘q qilganini bildirdi.

Ushbu hujum natijasida bir kishi halok bo‘ldi, yana 13 kishi jarohat oldi — Kiyevda 9 va viloyatda 4 kishi, deya xabar berdi Milliy politsiya. Havodayoq urib tushirilgan UUAlarning qoldiqlari esa avtomobillar, binolar va turar-joy binolariga zarar yetkazgan.

Kiyev viloyatida uylar, kvartiralar, ofis binolari, do‘konlar, garajlar va avtomashinalarga zarar yetkazilgani haqida 50 dan ortiq shikoyatlar qayd etilgan.

Kiyevga qilingan joriy havo hujumi may oyi boshidan beri ketma-ket 17chi va oxirgi ikki kun ichida uchinchisi bo‘ldi. 29-may kuni tushdan keyin Rossiya Kiyevga 11 ta qanotli va ballistik raketalarni uchirdi. Ularning barchasi urib tushirildi.

“Shahidlar” hujumi oqibatlari

dronlar, киев, москva, украина-россия urushи

Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati.

dronlar, киев, москva, украина-россия urushи

Foto: Kiyev meri Vitaliy Klichkoning Telegram kanali.

Moskvaga dron hujumi

Kiyevning ommaviy o‘qqa tutilishi fonida ketma-ket uchinchi kun, 30-may sanasi ertalab Moskvaga ham uchuvchisiz samolyotlar tomonidan hujum uyushtirildi. RF Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda sakkizta dron ishtirok etgan, ulardan beshtasi urib tushirilgan, yana uchtasi radioelektron urush vositalari yordamida ushlab qolingan. Rossiya ommaviy axborot vositalari 25 dan 32 tagacha dron sonini keltirdi.

“Vyorstka” ma’lumotlariga ko‘ra, dronlarning asosiy yo‘nalishlari Moskva viloyatining g‘arbiy va Moskvaning janubi-g‘arbiy qismi bo‘lgan. Dronlar Rossiya elitasi yashaydigan uylar va davlat qarorgohlari joylashgan Rublevskiy hamda Ilyinskiy shosselari hududlarida kuzatilgan.

Guvohlar ijtimoiy tarmoqlarda Odinsovo, Barvixa, Krasnogorsk va Moskva yaqinidagi boshqa joylarda portlashlar hamda havo hujumidan mudofaa ishlari olib borilgani aks etgan videolarni joylashtirgan.

Kamida uchta dron turar-joy binolariga zarba berdi, ulardan birida portlamagan portlovchi qurilmalar biriktirilgan.

Moskva meri Sergey Sobyaninning ma’lum qilishicha, dronlar hujumi natijasida “bir nechta binolar kichik zarar ko‘rgan” va “hech kim jiddiy jarohat olmagan”.

Bu Moskvaga birinchi dron hujumi emas. 3-mayga o‘tar kechasi Kremldagi Senat saroyi gumbazi ustida ikkita dron portlagandi.

Kremlning munosabati

RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov uchuvchisiz uchish apparatlari hujumini Kiyevning Moskva Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlaridan biriga” bergan zarbasiga javobi deb atadi.

“Gap qaror qabul qilish markazlaridan biri bo‘lgan markazga bergan juda samarali zarbalarimizga Kiyev rejimining javobi haqida ketayotgani aniq. Mazkur zarba yakshanba kuni amalga oshirildi”, — dedi Kreml vakili (RIA Novosti keltirgan iqtibos).

Keyinroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘zi ham vaziyatga izoh berdi. U Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi “shtat rejimida, qoniqarli” ishlagani hamda Kiyev RFni javob harakatlarini amalga oshirishga undayotganini ta’kidladi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bir necha kun oldin zarba bergan qaror qabul qilish markazi go‘yoki Ukraina harbiy razvedkasi shtab-kvartirasi bo‘lgan.

Ukraina rasmiylarining munosabati

Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixailo Podolyak Breakfast Show dasturi efirida Moskva va Moskva viloyatiga uchuvchisiz samolyot hujumini shunday deya izohladi:

“Bilasiz, biz sun’iy intellekt davriga qadam qo‘ymoqdamiz. Ehtimol, hamma dronlar ham Ukrainaga hujum qilishga tayyor emas va o‘z yaratuvchilariga qaytishni hamda haqli ravishda: “Nima uchun bizni Ukraina, Kiyev va boshqa joylarga (urish uchun) yuboryapsiz?, degan savollar berishni xohlaydi”.

Jurnalistning ushbu hujumga Ukrainaning aloqasi bormi degan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savoliga Podolyak shunday deya javob berdi: “mamlakat nima bo‘layotganini zavq bilan kuzatmoqda” va hujumlar sonining ko‘payishini bashorat qilmoqda, ammo Kiyev “albatta, buning bevosita aloqasi yo‘q” ularga".