UzAuto Motors konveyerdan aprel oyida jami 22 mingta Cobalt, Lacetti (Gentra), Damas va Nexia-3 chiqqan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

2023-yilning aprel oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

  • Cobalt — 9 965 dona;
  • Lacetti-Gentra — 9 531 dona;
  • Onix — 2 545 dona;
  • Damas — 2 197 dona;
  • Tracker — 1 958 dona;
  • Nexia (3) T-250 — 142 dona;
  • Maxsus yengil avtomobillar — 985 dona.

Biroq o‘tgan oyda ishlab chiqarilgan avtomobillardan faqat Onix va Tracker sotuvda mavjud. Bu ikki avtomobilga 25-may kuniga kelib shartnoma berish boshlandi.

Damas va Labo avtomobillarini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar berish 2022-yil 16-dekabr kuni to‘xtatildi. Lacetti va Cobalt avtomobillariga esa arizalar qabul qilish 8-dekabr kuni to‘xtatgan edi.

Asakada Spark o‘rnini bosuvchi yangilangan Tracker krossoverining ommaviy ishlab chiqarilishi 2022-yil iyulida, Onix sedanining (Nexia muqobili) seriyali ishlab chiqarilishi 2023-yilning fevral oyida boshlangandi.

Hozirda sotuvda Tahoe-2 (1 109 274 880 so‘mdan), Traverse (734 530 720 so‘mdan), Equinox (472 500 000 so‘mdan), Malibu-2 (419 000 960 so‘mdan), Tracker-2 (211 454 880 so‘mdan), Onix (207 347 000 so‘mdan) mavjud.