23-may kuni O‘zbekiston Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati 2022-yil 1−2-iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha birinchi sud majlisida 16 nafar mahkum nomidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini, shuningdek, 4 ta shartli jazoga nisbatan prokuratura protestini ko‘rib chiqishni davom ettirdi.

Seshanba kuni sudlanuvchilarning o‘zlari ko‘rsatma berishdi — bunday tartib Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan. Ko‘pchilik birinchi instansiya sudiga unchalik uzoq bo‘lmagan qamoq muddati uchun minnatdorchilik bildirib, xalq va prezidentdan uzr so‘radi hamda jazoni yanada yengillashtirishni so‘radi. Ayrim ayblanuvchilar ishning asosiy ishtirokchisi bo‘lsin Dauletmurat Tajimuratov ularni ko‘chaga chiqishga ruhlantirganini ta’kidlashdi.

Tajimuratovning advokati Sergey Mayorov “Gazeta.uz”ga: “Ular insofsizlik qilishdi. Bu yolg‘on edi. Aytishlaricha, 1-iyulgacha Dauletmurat bizni ruxsat etilgan mitingga chaqiryapti, deb o‘ylashgan, ammo 1-iyuldagi miting esa noqonuniy bo‘lgan”, — deya izoh berdi.

нuкuс voqealari, қорақалпоғистон

Sergey Mayorov va Rinat Tajimuratov. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”.

Birinchi instansiya sudi tomonidan shartli qamoq jazosiga hukm qilingan jurnalist Lolagul Qallixonova tanishlari orqali Dauletmurat Tajimuratovdan izoh olganini, u materiallarni e’lon qilishga qarshi chiqqanini va o‘z kanalidagi postni olib tashlashni tavsiya qilganini tasdiqladi. U Tajimuratov bilan hokimiyatni egallab olish maqsadida til biriktirganlik ayblovini yana bir bor rad etdi.

Sergey Mayorov unga 1−2-iyuldagi tartibsizliklar oldidan Qoraqalpog‘istonda keskinlik qanday kuchaygani haqida savollar berdi. “U, umuman olganda, bu barcha ommaviy tartibsizliklar, namoyishlar va mitinglar aynan qoraqalpoqlarning ularni suverenitetdan mahrum qilishni xohlashayotganidan norozi bo‘lganlari, bunga esa yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi sababli sodir bo‘lgan, degan mening versiyamni tasdiqladi. U aynan mana shu norozilik, qo‘shilmaslik odamlarni g‘azablantirganini tasdiqladi”, — dedi u.

нuкuс voqealari, қорақалпоғистон

Sud majlisi yakunida advokat Tajimuratovga savollar bera boshladi, biroq u o‘zini yaxshi his qilmayotganidan nolidi va suddan majlisni ertasiga ko‘chirishni so‘radi.

So‘roq paytida sudlanuvchining burnidan qon ketgan. Tekshiruvdan so‘ng shifokorlar uning qon bosimi tushib ketganini aytishdi.

Ayblanuvchining ukasi, ayni paytda uning himoyachisi Rinat Tajimuratovning aytishicha, Dauletmurat Tajimuratov bir haftaga yaqin kasal bo‘lgan — uning harorati ko‘tarilib, qon bosimi tushgan.

Xizmat tekshiruvi natijalari

24-may kuni bo‘lib o‘tgan majlisda advokat Sergey Mayorov, jumladan Tajimuratovning iyul voqealari chog‘idagi nutqlarini siyosiy, lingvistik va psixologik kompleks ekspertiza o‘tkazgan ekspertlarni so‘roq qilishni davom ettirdi.

нuкuс voqealari, қорақалпоғистон

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, barcha ekspertlar bu holatda Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasini o‘rganishga hojat yo‘qligini ta’kidlagan. “Ular bu masalaning Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasiga aloqasi yo‘qligini aytishdi. Bu mutlaqo absurdlik. Bularning barchasi, shu jumladan ommaviy tartibsizliklar, hokimiyatni konstitutsiyaga zid yo‘llar bilan ag‘darish jinoiy ishning predmeti”, — dedi u.

“Mutaxassislar Dauletmuratga qarshi go‘yoki u [namoyishlarga chiqishga] da’vat qilgan, degan xulosalarini berishgan. Lekin mening u ommaviy tartibsizliklar va hokimiyatni ag‘darish, separatizmga chaqirgani aytilgan matnning bevosita o‘zi qani, savolimga: „Yo‘q, to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘z yo‘q. Ammo bilvosita, yashirincha, u aynan shuni nazarda tutgan, ammo to‘g‘ridan-to‘g‘ri matn yo‘q“, — deya javob berishdi”, — dedi advokat.

нuкuс voqealari, қорақалпоғистон

Foto: Oliy sud.

Advokatning aytishicha, ekspertlar 1990-yillarda yozilgan maqolani ham tekshirgan. Unda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov bilan uchrashgan ayol Qoraqalpog‘iston avtonom va suveren davlat bo‘lishi kerakligini aytgan.

“Prezident Karimov ham uning fikriga qo‘shildi. Natijada 1992-yilgi O‘zbekiston Konstitutsiyasi va 1993-yilgi Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasida Qoraqalpog‘iston suveren respublika ekanligi haqidagi ushbu qoida saqlanib qoldi. Men mutaxassisdan maqola qachon yaratilganligini so‘rayman. U bilmasligini aytadi. Ammo qarorda aytilishicha, maqola 1990-yilgi. Lekin yelka qisib: “Men qoraqalpoqcha hech narsani tushunmayapman, hech narsani bilmayman. Materialni o‘zbekcha oldim, tarjima qilishdi. Men ushbu materialni o‘rganib chiqdim. Bugungi pozitsiyadan kelib chiqib, bu maqolada ayirmachilik maqsadi bor, deb baholayman”, — deya ekspertdan iqtibos keltirdi Sergey Mayorov.

нuкuс voqealari, қорақалпоғистон

24-may kuni tushlikdan so‘ng sudya Dauletmurat Tajimuratov 15-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda e’lon qilgan qiynoqlar faktlari bo‘yicha rasmiy tekshiruv natijalarini e’lon qildi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Bosh prokuratura so‘roviga bergan javobiga ko‘ra, 5-iyul kuni Tajimuratov tergov organlari va sud qarorlari asosida DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tergov izolyatoriga qabul qilingan va u yerda 19-noyabrgacha qolgan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, sudlanuvchining tanasida qiynoq izlari yoki jarohatlar yo‘qligi, uning sog‘lig‘i yuzasidan tergov izolyatori ma’muriyatiga murojaat qilmagani qayd etilgan.

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Dauletmurat Tajimuratovni hibsga olish, Nukus IIB va Xorazmdagi DXX tergov izolyatoriga yetkazish chog‘ida hech qanday kuch ishlatilmagan, qonun talablari va me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari buzilmagan.

нuкuс voqealari, қорақалпоғистон

Sudya Dauletmurat Tajimuratov ko‘rsatma bera oladimi, deb so‘radi, sudlanuvchi esa o‘zini yaxshi his qilayotganini, biroq sog‘lig‘i yomonlashgani uchun hafta davomida so‘roqqa tayyorgarlik ko‘rishga ulgurmaganini aytdi. Sudya sud majlisini 25-mayga qoldirdi.

25-may kuni ertalab Dauletmurat Tajimuratov 2,5 soatga yaqin gapirib, qanday ayblovlarga rozi emasligini tushuntirdi. Shundan so‘ng unga advokat, prokuror va boshqa sudlanuvchilar tomonidan savollar berildi.

So‘ngra sudya muhokama boshlanishiga tayyorgarlikni e’lon qildi va prokuratura qachon ularga tayyor bo‘lishini so‘radi. Muzokara tushlikdan keyin boshlandi. Ular haqida — navbatdagi materiallarda.

24-may kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasining siyosiy, matbuot va axborot bo‘limi rahbari Mindaugas Kacherauskis ham ishtirok etdi. Avvalgi majlislarda bir qator davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etgan edi.