So‘nggi yillarda dunyoda atrof-muhit plastik chiqindilar bilan ifloslanishi muammosiga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Ushbu muammoni hal qilishning usullaridan biri bu — plastik idishlarni yig‘ish va qayta ishlashdir. Coca-Cola kompaniyasi Toshkent universitetlarida odamlarni keyingi qayta ishlash uchun plastik idishlarni yig‘ishga undaydigan eko-chellenjga start berdi.

Yaqinda Webstrer, TDIU va JIDU talabalari o‘zlarining chellenjga nisbatan fiklari bilan bo‘lishgan birinchi material chikkan edi. Yangi materialda esa — bunday loyihalar haqida Inha va O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari munosabati haqida.

Inha universiteti

“Menimcha, bunday chellenjlar mamlakatimiz uchun juda muhim, chunki O‘zbekiston ko‘p aholiga ega va shunga yarasha plastik chiqindilari ham ko‘p bo‘lgan davlatdir. Shuning uchun men Coca-Cola kompaniyasidan ushbu tashabbusni boshlagani uchun juda minnatdorman. Zero, bu faoliyat nafaqat plastik muammosini hal qilishga hissa qo‘shadi, balki jahon miqyosidagi muammo — Orol dengizi mintaqasiga yordam berishga ham qaratilgan”, — deb o‘rtoqlashdi uchinchi kurs talabasi Aziz.

coca-cola, pet2natureuz, реклама

“Bunday tashabbuslar nafaqat kompaniyalar, balki davlat tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Bu mamlakatimizdagi ekologik vaziyatni yaxshilash va barcha uchun yanada barqaror kelajak yaratishga yordam beradi. Biz yosh avlod vakillari va bo‘lg‘usi mutaxassislar sifatida boshqaruv tamoyillaridan biri — ekologik muammolarni hal qilishda ishtirok etishga qaratilgan ESG`ni joriy qilgan kompaniyalarga sadoqatliroq munosabatda bo‘lamiz”, — dedi birinchi kurs talabasi Farangiz.

coca-cola, pet2natureuz, реклама

“#PET2NATUREUZ eko-chellenjida qatnashganimdan juda xursand bo‘ldim. Bu menga har kuni qancha plastmassa ishlab chiqarayotganimizni va uni qayta ishlash qanchalik muhimligini tushunishga yordam berdi. Umid qilamanki, bu harakatga ko‘proq odamlar qo‘shilib, atrof-muhitni asrashga o‘z hissalarini qo‘shadilar”, — deya bo‘lishdi ikkinchi kurs talabasi Nigora.

coca-cola, pet2natureuz, реклама

O‘zbekiston Milliy universiteti

“Plastikni yig‘ish va qayta ishlash haqiqatan ham O‘zbekistonda hal qilinishi kerak bo‘lgan muhim vazifadir. Coca-Cola bu jarayonda ishtirok etib, o‘z hissasini qo‘shayotganidan xursandman. Bu kompaniyalar atrof-muhitni asrash muhimligini tushunib, shu yo‘nalishda harakat qilishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatadi. Biz yoshlar esa ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, — deb o‘rtoqlashdi ikkinchi kurs talabasi Mirzobek.

coca-cola, pet2natureuz, реклама

“Kompaniyalar atrof-muhit muammolari haqida xabardorlikni oshirish va odamlarning ongli iste’mol qilishga undovchi bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashlari kerak deb o‘ylayman. Bu men va kursdoshlarim uchun ajoyib tajriba bo‘ldi. Umid qilamanki, Coca-Cola tashabbusi ijtimoiy mavzularda kampaniya olib borishga qodir boshqa kompaniyalar uchun ham yorqin namuna bo‘ladi”, — dedi uchinchi kurs talabasi Samandar.

coca-cola, pet2natureuz, реклама


16-mart kuni Toshkent shahridagi universitetlar o‘rtasida Coca-Cola Go Wasteless fondi loyihasi doirasida va O‘zbeksiton Yoshlar masalalari bo‘yicha agentligi ko‘magida amalga oshirilayotgan #PET2NATUREUZ ekologik chellenji boshlandi. Uning doirasida poytaxtning oltita oliy o‘quv yurtida PET-plastmassasini yig‘ish uchun konteyner zonalari ajratildi. Tanlov yakunida barcha yig‘ilgan plastmassa geomembrana ko‘rinishida qayta ishlanadi va Orol dengizi mintaqasida kichik suv omborini yaratishga yo‘naltiriladi.

Reklama huquqlari asosida.