25-may kuni O‘zbekistondagi mavjud maktablarda 392 ming o‘quvchi uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi. Endi ular maktab o‘quvchisi emas, balki katta maydon ichra o‘z o‘rnini topishga, hayot tizginini qo‘lga olishga intilayotgan iqtidor egalaridir.

Maktabni tamomlash chog‘ida yigit-qizlar oila a’zolari, ustozlari va do‘stlari bilan fikr almashib, kelgusi hayotlari uchun muhim qarorni qabul qilishadi. Kimdir prezident bo‘laman desa, yana kimdir vazir bo‘lishni istaydi, boshqasi esa o‘zini tadbirkor sifatida ko‘radi. Kimgadir ota-onaning kasbini tutish xush kelsa, kimdir xorijga ketishni orzu qiladi.

“Gazeta.uz” muxbirlari Mushtariy Oqboyeva va Ma’murjon Obrahmatov ana shunday ham hayajonli, ham mas’uliyatli kunda Toshkentdagi maktablar bitiruvchilarining kelgusi rejalari bilan qiziqdi.

Yosh suhbatdoshlar 5−10 yildan so‘ng o‘zini asosan davlat tashkilotlari, hokimliklar, xususan Oliy Majlis binosida ham ko‘rishini aytib o‘tdi. Aytish mumkinki, ular hukumatda mehnat qilayotganlarga havas qiladi yoxud ularga ishonadi. Shu bois ham ulardan umidi katta. Hozirda ularning eng katta maqsadi — OTMga kirish.

Yoshlarning Yangi O‘zbekistondan nimalar kutayotganini videoreportajimizdan bilib oling:

Muharrir: Mushtariy Oqboyeva. Operatorlar: Ma’murjon Obrahmatov va Sasha Mirzaxmedov. Montaj ustasi: Ma’murjon Obrahmatov.