Toshkent shahri Mirobod tumanida 24-may kuni 21 yoshli yigit akasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Shu kuni soat taxminan 00:30 da 2002-yilda tug‘ilgan O.Sh. “Oybek” metro bekati atrofida o‘zaro kelib chiqqan janjal sababli akasi — 1998-yilda tug‘ilgan O.L.ning ko‘krak qafasi oldi qismiga o‘tkir tig‘li pichoq bilan bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng u voqea joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.