Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) aholi salomatligida sun’iy intellektdan foydalanishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Gap ChatGPT, Bard, Bert va boshqa ko‘plab odamlar muloqotiga taqlid qiladigan mashhur platformalar haqida ketmoqda.

JSST ta’kidlashicha, bunday platformalar odatda har qanday yangi texnologiyada qo‘llaniladigan ehtiyotkorlikni saqlamaydi.

“Sinovdan o‘tmagan tizimlarni shoshilinch ravishda joriy etish tibbiy xatolarga olib kelishi, bemorlarga zarar yetkazishi, sun’iy intellektga bo‘lgan ishonchni susaytirishi va shu tariqa butun dunyo bo‘ylab bunday texnologiyalarning potensial uzoq muddatli foydalari va foydalanishiga putur yetkazishi (yoki kechiktirishi) mumkin”, — deyiladi tashkilot bayonotida.

JSST ekspertlarining xavotirlariga aynan nima sabab bo‘ladi:

  • Sun’iy intellektni o‘rgatish uchun foydalaniladigan ma’lumotlar noholis yoki noto‘g‘ri bo‘lishi va sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin;
  • Sun’iy intellektn foydalanuvchi uchun obro‘li va ishonchli bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan javoblarni ishlab chiqaradi, lekin butunlay noto‘g‘ri yoki jiddiy xatolarni o‘z ichiga oladi, ayniqsa sog‘liq haqida gap ketganda;
  • Sun’iy intellektn rozi bo‘lmagan ma’lumotlardan o‘rganishi mumkin. Shuningdek, u javob olish uchun foydalanuvchi taqdim etgan maxfiy ma’lumotlarni himoya qila olmaydi (masalan, sog‘liq holati);
  • Sun’iy intellekt matn, audio yoki video yozuvlar ko‘rinishidagi “ishontiruvchi dezinformatsiya”ni yetkazish uchun ishlatilishi mumkin, bunda jamoatchilik qonuniy tibbiy kontentdan farqlashda qiynaladi.