15-may kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uchun g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

“Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindorlari quyidagicha taqdirlandi:

  • bosh milliy mukofot uchun — avtomobil;
  • birinchi o‘rin uchun — BHMning 200 baravari (60 mln so‘m, bunga qadar 43,2 mln so‘m edi);
  • ikkinchi o‘rin uchun — BHMning 175 baravari (52,5 mln so‘m, bunga qadar 37,8 mln so‘m edi);
  • uchinchi o‘rin uchun — BHMning 150 baravari (45 mln so‘m, bunga qadar 32,4 mln so‘m edi);
  • 12 ta rag‘batlantiruvchi nominatsiyaning har biri uchun — BHMning 100 baravari (30 mln so‘m, bunga qadar 13,5 mln so‘m edi) miqdorida bir martalik pul mukofoti.

BHM 1-maydan 330 ming qilib belgilangan bo‘lsa-da, mukofot uchun mablag‘lar yil boshida tasdiqlanib bo‘lgani sababli BHMning bir baravari 300 ming so‘m etib hisoblangan.

G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati

Xalqaro tanlovning bosh milliy mukofoti g‘olibi:

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti jamoasi (Sovg‘a — Gentra avtomobili).

Internet jurnalistikasi yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:

  • 1-o‘rin: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari Xushnud Xudoyberdiyev;
  • 2-o‘rin: Kun.uz sharhlovchisi Jamshid Niyazov;
  • 3-o‘rin: Davletovuz Telegram kanali asoschisi Qobil Xidirov.

Radio yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:

  • 1-o‘rin: “Avtoradio”da dasturlar bo‘yicha direktor hamda efir boshlovchisi Nazira Inoyatova;
  • 2-o‘rin: “Oriat Dono” radiosi muharriri Botir Imomaliyev;
  • 3-o‘rin: Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi “Yangi asr” radiokanali bosh muharriri Ilhom Raxmatov.

Ttelevideniye yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:

  • 1-o‘rin: O‘zbekiston 24 telekanali direktori o‘rinbosari Shunqor Choriyev;
  • 2-o‘rin: Milliy telekanali Ijtimoiy-ma’rifiy dasturlar bo‘limi boshlig‘i, “Otalar so‘zi” loyihasi badiiy rahbari Yulduz Hoshimova;
  • 3-o‘rin: Mening yurtim telekanali “Markaziy studiya” informatsion loyihasi 1-toifali muxbiri Yulduz Olimova.

Bosma OAV yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:

  • 1-o‘rin: “Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasi jamoasi;
  • 2-o‘rin: “Adabiyot ziyosi” gazetasi jamoasi;
  • 3-o‘rin: “Tong yulduzi” gazetasi.

“Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” g‘olib:

“Postda — Na postu” gazetasi jamoasi.

“Internet tarmog‘ida e’lon qilgan eng yaxshi materiali uchun” g‘oliblar:

  • “Alter Ego Intervyu” kanali asoschisi Kirill Altman;
  • Ular podkast loyihasi muallifi Laziz Xamidov;
  • Erkin ijodkor Shokir Sharipov;
  • Ijtimoiy tarmoqlardagi “Potrebiteli.uz” sahifasi asoschisi Liliya Nikolenko.

“Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” g‘olib:

Jurnalist Muhammadjon Obidov.

“Bandlik va ijtimoiy himoya masalalari eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

“Ovozi tojik” gazetasi muxbiri Saodat Beknazarova.

“Eng faol tele va radio boshlovchi” nominatsiyasi g‘olibi:

“O‘zbekiston tarixi” telekanali bosh muharriri o‘rinbosari Dilfuza Shonazarova.

“2022-yilda chop etilgan publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

O‘zJOKU kafedra mudiri Nazira Toshpo‘latova.

“Eng yaxshi fotoreportaj uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha fotomuxbiri Maqsad Habibullayev.

Xalqaro hamkorlar ta’sis etgan nominatsiyalar g‘oliblari:

  • YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ta’sis etgan “Inson huquqlari himoyasiga qaratilgan eng yaxshi material uchun” nominatsiyasi g‘olibi, O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatining Samarqand viloyat bo‘limi raisi Mirza Subhanov.
  • Yevropa Ittifoqi tomonidan ta’sis etilgan “Agrar oziq-ovqat sektoridagi islohotlarning ta’siri haqida aholining xabardorligini oshirish bo‘yicha eng yaxshi material uchun” nominatsiyasi g‘olibi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri Nasiba Ziyodullayeva.

“Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi g‘oliblari:

  • Xitoyning “Jenmin xuabao” nashriyoti muharriri Syan Xaoyang;
  • Tojikistonning “Jumhuriyat” gazetasi muxbiri Mirasror Ahrorov;
  • Eronning Farsnews axborot agentligi muxbiri Sherali Avezmetov;
  • Reuters axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri (Buyuk Britaniya) Muhammadsharif Mamatqulov;
  • Misrning “Al-Diplumasiy” va Eurasia Dairy gazetalari siyosiy muxbiri Ahmad Tarabek.