18−19-may kunlari XXR shimoli-g‘arbidagi Sian shahrida “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.

Sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Tokayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etadi. Forumga XXR rahbari Si Szinpin raislik qiladi.

Bu olti davlat rahbarlarining 31 yil avval ular o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon ilk yuzma-yuz uchrashuvidir.

Sammit davomida davlat rahbarlari “Xitoy-Markaziy Osiyo” mexanizmini yaratish, turli sohalardagi hamkorlikni muhokama qilishlari va muhim siyosiy hujjatlarni imzolashlari kutilmoqda.

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari ham 16−20-may kunlari parallel ravishda Xitoyga davlat tashriflari bilan boradi.