Litva hukumati O‘zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida 684 900 doza Pfizer koronavirus vaksinasini yubordi, deb xabar bermoqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati. Vaksina ortilgan samolyot yakshanba kuni Toshkentga yetib keldi.

Avvalroq “Dunyo” axborot agentligi vaksina Litvadan O‘zbekistonga yuborilgani haqida xabar bergandi. Unda aytilishicha, vaksinalar Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumani aholisi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yuk tarkibida 607 ming doza Pfizer (Omicron BA.4−5) va 78 ming doza Johnson&Johnson (Jcovden) bo‘lgan. Yukning taxminiy qiymati 13 million yevroni tashkil qiladi.

vaksina, жсст, литva

Eslatib o‘tamiz, avvalroq JSST rahbari Tedros Gebreyesus COVID-19 tarqalishi sog‘liqni saqlash sohasida global favqulodda holat maqomini yo‘qotganini ma’lum qilgandi.

“Mana bir yildan ortiq vaqt davomida pandemiya pasayish tendensiyasida bo‘lib, aholining emlash va infeksiyalarga qarshi immuniteti ortib bormoqda, o‘lim kamaymoqda va sog‘liqni saqlash tizimlariga yuk yengillashmoqda”, — dedi JSST rahbari.