Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida qovun pishdi. Tuman hokimligi matbuot xizmati ilk hosildan fotolavhalar e’lon qildi.

Tumanning 4-sektor hududi “Oyinli” mahallasida Bo‘ston massivida “Sardorbek Sultonbek Samir Daler” MCHJ hamda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi agronom dehqon Abdutolib Ne’matov bilan hamkorligida anorzor qator orasiga poliz ekinlari ekilgan.

Xususan, 10 gektar dakara navli ertapishar qovun hamda 10 gektar do‘lbe navli tarvuz yetishtirilib, ekinning ilk hosili olindi va ichki bozorlarga yuborilmoqda.

Ma’lumot uchun, yanvar oyining ilk kunlarida ushbu dakara navli qovunlarning urug‘lash ishlari boshlangan bo‘lib, 20-fevraldan 4-martga qadar yerga o‘tkazish ishlari olib borilgan. Qovunning 1 gektaridan 30 tonnagacha hamda tarvuzdan 60 tonnachaga hosil olish kutilmoqda.

Foto

сурхондарё viloyati, шеробод тумани, qovun-tarvuz

Bozorlardagi qovun-tarvuz sotuvchilarini quyoshdan qoraygan yuzlari, bosh va yelkalariga tashlab olgan dokadan tanish mumkin. Ular jilmayib, xaridorlarga yoz lazzatini tatib ko‘rish uchun tarvuzning xushta’m “chaqmog‘ini” uzatadilar. “Gazeta.uz” avvalroq ular bilan hayoti, daromadlari hamda shirin qovun va tarvuzni qanday tanlash mumkinligi haqida suhbatlashgan edi.