8-may kuni Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezident matbuot xizmati.

2023-yilda urush qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofot berilishi belgilangan. Shuningdek, ularning bir guruhi sanatoriylarda davolanmoqda.

Prezident Toshkent shahridagi Chinobod Plaza sanatoriysiga borib, urush qatnashchilari bilan ko‘rishib, ular bilan suhbatlashdi. Anorboy ota Jalilov, Ashir ota O‘sarov, Antonina Kolomenseva, To‘lagan ota Imomov, Abbos ota Appanov shular jumlasidan.

иккинчи jahon urushi, urush qatnashchilari, шавкат мирзиёев

“Sizlarni ko‘ray, bayram bilan tabriklay deb keldim. Bu, avvalo, sizlarning bayramingiz. O‘sha paytlardagi jasorat va matonatingiz tufayli keyingi avlodlar tinch, erkin yashadi. Mashaqqatli mehnat va zafarlarga to‘la hayot yo‘lingiz bugungi yoshlar uchun chinakam ibrat maktabi, vatanparvarlik maktabi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Siz bilan butun el-yurtimiz faxrlanadi”, — dedi davlat rahbari.

иккинчи jahon urushi, urush qatnashchilari, шавкат мирзиёев

иккинчи jahon urushi, urush qatnashchilari, шавкат мирзиёев

Urush qatnashchilari sog‘lig‘i yaxshi ekanini aytib, o‘zlari istiqomat qilayotgan hududda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida gapirdi.

иккинчи jahon urushi, urush qatnashchilari, шавкат мирзиёев

“Mana, yaqinda yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qildik. Mamlakatimiz rivojini oshirish, xalqimiz hayotini yaxshilash bo‘yicha katta marralar oldik. Mana shunday o‘zgarishlar paytida sizdek katta tajribaga ega insonlarning yonimizda bo‘lishi, maslahatlaringizni olish bizga cheksiz kuch-g‘ayrat beradi”, — dedi prezident.

Nuroniylar “e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun” prezidentga minnatdorlik bildirib, xayrli duolar qildi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

“Tabarruk duolaringizni olish, sizga qo‘shilib xalqimizning tinchligini so‘rash — katta baxt. Hayotda ko‘p-ko‘p sinovlarni ko‘rgan, qariyb bir asrlik hayot tajribasiga ega bo‘lgan sizday muhtaram insonlarning duolari ijobat bo‘ladi. Nuroniylarimiz uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga bundan buyon ham katta e’tibor qaratamiz. Bu — biz uchun muqaddas burch va vazifadir”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.