O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilarining soni, 6-may holatiga ko‘ra, 174 nafarni tashkil qiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shundan, viloyatlar kesimida quyidagicha:

  • Qaraqalpog‘iston Respublikasi — 3 nafar;
  • Andijon viloyati — 6 nafar;
  • Buxoro viloyati — 7 nafar;
  • Jizzax viloyati — 6 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 10 nafar;
  • Navoiy viloyati — 9 nafar;
  • Namangan viloyati — 3 nafar;
  • Samarqand viloyati — 10 nafar;
  • Sirdaryo viloyati — 3 nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 8 nafar;
  • Toshkent viloyati — 26 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 19 nafar;
  • Xorazm viloyati — 5 nafar;
  • Toshkent shahri — 55 nafar.

100 va 100 yoshdan oshgan Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilarining soni 25 nafarni tashkil qiladi. Ularning umumiy hisobda eng kichigi 78 yoshda bo‘lsa, eng kattasi 112 yoshda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2-maydagi qarori bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.