O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni mamlakatda “9-may — Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan 9-mayga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi, jumladan, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida joylashgan “Matonat Madhiyasi” hamda Xotira maydoni va hududlardagi “Motamsaro ona” monumentlari poyiga gul qo‘yish marosimini o‘tkazish tasdiqlandi.

Bundan tashqari, 3−10-may kunlari “G‘alaba” bog‘ida “O‘chmas u kunlar shoshuhrati” mavzusida fotosuratlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Iyul oyi oxirigacha shon-sharaf.uz va waheroes.uz saytlari dizaynini yangilash, Shon-sharaf muzeyi hududida 3D gologramma yaratish va boshqalar rejalashtirilgan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Prezident qarorida bayramona mushakbozlik tashkil etish ham qo‘zda tutilgan. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 9-may kuni soat 21:00 da Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida mushakbozlik bo‘lib o‘tadi.