1-may kuni Toshkentda boks bo‘yicha jahon chempionati (IBA) boshlandi. Unda O‘zbekiston sharafini 13 nafar bokschi himoya qilmoqda.
1-may
-60 kg vazn toifasidagi Mujibillo Tursunov terma jamoa safida birinchi bo‘lib nepallik Singh Varinderni mag‘lub etdi — 5:0. 3-may kuni Tursunov navbatdagi g‘alabaga erishdi, bu safar gambiyalik Merri Kor mag‘lub etildi (5:0).
8-may kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi bosqichda o‘zbekistonlik bokschi Afrika hamda Afrika o‘yinlari chempioni marokashlik Muhammed Hamutga qarshi bahs olib boradi.
2-may
Ruslan Abdullayev (-63,5 kg) turnirdagi ilk jangida puerto-rikolik Manuel Febusni (5:0) yengdi. 4-may kuni o‘zbekistonlik sportchi ispaniyalik Oyer Ibarreche ustidan muddatidan oldin g‘alaba qozondi.
6-may kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi jangida esa u mavrikiylik Richanro Kolin ustidan g‘olib bo‘ldi. Abdullayev JCHdagi uchinchi jangida 5:0 hisobida katta ustunlik evaziga g‘alabaga erishib, chorak finalga yo‘l oldi. U endi fransiyalik Lounes Xamrouiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Jasurbek Yo‘ldoshev (-80 kg) raqibi jazoirlik Younes Nemouchni (5:0) mag‘lub etgan bo‘lsa, keyingi bosqichda iordaniyalik Huseyn Iashishga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (3:4).
Shohjaxon Abdullayev (-86 kg) qirg‘izistonlik Erkin Adilbek ullu ustidan 5:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi. 8-may, dushanba kuni u Tailanddagi Osiyo chempionatida “nokaut uchun qasos olmoqchi” bo‘lgan qozog‘istonlik bokschi Sagindik Togambay bilan ringga chiqadi.
3-may
-71 kg vazn toifasidagi Saidjamshid Jafarov mozambiklik Osorio Muxangdan ustun keldi (5:0). 6-may, shanba kuni u meksikalik bokschi Alonso Verde bilan ringga chiqadi.
4-may
Shodiyorjon Meliqo‘ziyev (-48 kg gacha) nepallik Rabin Tapani 5:0, Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) ham meksikalik Albert Ximenesni 5:0, Bahodir Jalolov (+92 kg) esa bahraynlik Danis Latipovni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
5-may
Lazizxon Мuлложонов (-92 kg) ilk jangida kolumbiyalik Marlo Xartadoni (5:0) mag‘lub etdi.
Abdumalik Xalokov (-57 kg) gayanalik bokschi Kevin Alikokdan (5:0) ustun keldi va keyingi davraga yo‘l oldi.
6-may kungi janglar:
- -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Yuto Vakita (Yaponiya) (soat 19:10 dan so‘ng)
- -71 kg: Saidjamshid Jafarov — Alonso Verde (Meksika) (soat 19:25 dan so‘ng).
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi IBA jahon chempionatida 107 davlatdan 538 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Musobaqalar 13 ta vazn toifasida o‘tkaziladi. Final janglari 13 va 14-may kunlariga belgilangan.