O‘zbekistonda aprel oyida 262 ta holatda ulgurji iste’molchilar tomonidan 29,7 mln kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Holatlar iste’molchilar toifasi bo‘yicha tahlil qilinganida, asosan:

  • AGTKSHlarda 4 ta holatda 0,5 mlrd so‘m;
  • issiqxonalarda 3 ta holatda 0,8 mlrd so‘m;
  • ishlab chiqarish korxonalarida (asfalt, ohak, gips, chinni mahsulotlari, non mahsulotlari) 43 ta holatda 10,8 mlrd so‘m;
  • umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 45 ta holatda 0,4 mlrd so‘m;
  • boshqa ulgurji iste’molchilar tomonidan 167 ta holatda 16,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston bo‘ylab aprel oyida 225 ta holatda iste’molchilar tomonidan 5,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi. Ularning eng ko‘pi Andijon, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.