Buxoroda bir guruh shaxslar Nepal fuqarolarini aldab, ularning 124 500 AQSh dollarini ega chiqqan, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

2022-yilning sentabr oyida Buxoro shahar “Shota Rustaveli” ko‘chasida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan Yu.D. ismli ayol bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirgan. Ular oldindan tuzilgan reja asosida Buxoro shahar 7-kichik nohiyadagi xonadondan turib, 42 nafar Nepal fuqarosini O‘zbekistonga chaqirib, ularga viza olib berish va Yevropa davlatlariga jo‘natish va’dasini bergan.

Shundan so‘ng ular ushbu chet el fuqarolaridan jami 124 500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan va’dasini bajarmay, qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Holat yuzasidan Yu.D. ismli ayol boshchiligidagi jinoiy guruhga nisbatan Jinoyat кодексининг 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.