Samarqand shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U-18 va U-23, shuningdek, parakanoe bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qit’aning 11 davlatidan kelgan sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston terma jamoasi 18 yoshgacha va 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida 26 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Paralimpiya terma jamoasi 4 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qayd etdi.