Bosh prokuratura Toshkentda 16 yoshli qiz janjal sabab binoning 3-qavatidan o‘zini tashlagani haqida tarqalgan xabar yuzasidan o‘rganish olib bordi.

Aniqlanishicha, 5-aprel kuni Yunusobod tumanida yashovchi 9-sinf o‘kuvchisi X.M. (16 yoshli qiz) yashab kelayotgan uyning 3-qavatida balkon oynasini artayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib, jarohat olgan.

X.M.ga tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilindi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.