Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida maktab direktori fuqarolarni ishga kiritib qo‘yish evaziga pora olayotganda ushlandi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi.

1965-yilda tug‘ilgan J. F. o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, boshqa fuqarolar — B.M. ismli erkakni maktab qoruvuli, N.S. ismli ayolni farrosh vazifasiga ishga qabul qilgan.

Evaziga maktab xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudirasi X. G. orqali ularning bir oylik maoshlari miqdoriga teng kimyoviy ishlov berilgan 900 ming so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.