O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi ilk Ramazon oyi 1992-yil mart-aprel oylariga to‘g‘ri kelgan. Muqaddas oy yakunlanida Hayit bayrami keng ko‘lamli ko‘ngilochar dasturlar bilan nishonlangan.

O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi mustaqil O‘zbekistonda ilk hayit ayyomi qanday nishonlangani tasvirga tushirilgan “Ramazon hayiti” nomli filmini “Gazeta.uz”ga taqdim etdi. Ushbu film Abduhalil Mignorov va Jahongir Qosimov tomonidan suratga olingan.

Video

Tandirdan endigina uzilgan non va nisholdani bir-biriga uzatayotgan qo‘shnilar, mahallalarda kuylab, “bir so‘m pul” so‘rayotgan bolalar, Samarqanddagi Registon maydonida hayit namozini o‘qiyotgan odamlar — o‘zbekistonliklar 1992-yilda Ramazon oyini shunday kuzatishgan.